Sindzo Abening jasadi 9 iyul kuni Tokiodagi uyiga yetkaziladi
Olam
−
08 iyul 2022
12091Suiqasd chog‘ida halok bo‘lgan Yaponiya sobiq Bosh vaziri Sindzo Abening jasadi ertaga, 9 iyul kuni Tokiodagi uyiga yetkazilishi mumkin. Bu haqda juma kuni “TV Asahi”xabar berdi.
Ayni paytda, Tokioning Sibuya tumanidagi Abelar oilasi uyi yaqinida vaziyat tinch – u yerda bir necha politsiyachi va o‘nlab jurnalistlar navbatchilik qilmoqda.
Bugun, 8 iyul kuni Sindzo Abe 10 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovi oldida ko‘chada tashviqot tadbirida nutq so‘zlayotgan vaqtida otib ketildi. 41 yoshli yaponiyalik Tetsuya Yamagami qo‘lbola o‘qotar qurol bilan uni ikki marta otib tashladi. Abe qutqaruv vertolyotida shifoxonaga yetkazildi. Shifokorlar unga qon quyishdi va bir necha soat davomida uning hayoti uchun kurashdilar. Sobiq bosh vazir mahalliy vaqt bilan soat 17:03 da vafot etdi, u 67 yoshda edi.
Hujumchi o‘z qilmishini Abening siyosati va xatti-harakati unga yoqmasligi bilan izohlagan, biroq u sobiq Bosh vazirning bevosita siyosiy qarashlariga qarshi hech narsasi yo‘qligini ta’kidlagan. Erkak qotillikda ayblangan. 2002 yildan 2005 yilgacha mamlakatning dengizdagi o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlarida xizmat qilgan erkakning uyidan portlovchi moddalar topildi.