Sindzo Abening ahvoli og‘ir, unga qon quyildi
Olam
−
08 iyul 2022
10876Shifokorlar Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abega qon quydi. Bu haqda “Spotsu hoti” gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 67 yoshli Abe bo‘yin va ko‘krak qismidagi o‘q jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Amaldagi Bosh vazir Fumio Kisidaning ma’lum qilishicha, ayni vaqtda Abening ahvoli og‘ir.
"Sobiq bosh vazir [Sindzo] Abe og‘ir ahvolda. Biz uning hayoti uchun duo qilamiz", deydi u.
Kisida, shuningdek, hozirda Abega suiqasd uyushtirilgani fonida 10-iyulda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari taqdiri bo‘yicha qarorlar qabul qilinmaganini ta’kidladi.
Saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan Ma’muriy ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi Yaponiya parlamenti yuqori palatasiga 10 iyulga belgilangan saylovlar muddati Abega suiqasddan keyin o‘zgarmaganini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiyaning sobiq Bosh vaziri Sindzo Abe bugun, 8 iyul kuni Nara shahrida saylovoldi tashviqoti chog‘ida o‘ldirildi. Sobiq Bosh vazir qon ketayotgan va hushini yo‘qotgan holda shifoxonaga yotqizilgan.
Qo‘lbola miltiqdan bir necha marta o‘q uzgan shaxs voqea joyida qo‘lga olindi. U 41 yoshli mahalliy fuqaro Tetsuya Yamagami – Yaponiya o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlarining sobiq dengizchisi bo‘lib chiqdi. Hozirda politsiya uni so‘roq qilmoqda, sabablari haqida hozircha ma’lumot berilmagan.