Sindzo Abeni otgan erkak qo‘lga olindi. Mamlakatda favqulodda holat hukmron

Olam

image

Yaponiya hukumatida bugun, 8 iyul kuni sobiq Bosh vazir Sindzo Abega suiqasd uyushtirilgani munosabati bilan inqirozli shtab tashkil etildi. Uning rahbari – Bosh vazir Fumio Kishida barcha rejalarini bekor qildi va zudlik bilan Tokioga qaytdi. Bu haqda “Kyodo” agentligi xabar bermoqda. 

Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Xirokazu Matsunoning ta’kidlashicha, Yaponiya hukumati rahbari Fumio Kisida o‘zining kundagi barcha rejalarini bekor qilgan va zudlik bilan Tokiodagi qarorgohiga qaytmoqda. Bungacha Bosh vazir mamlakat shimoli-sharqida Yamagata prefekturasida bo‘lgan. U 10 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan parlament yuqori palatasiga saylovlar oldidan u yerda saylov kampaniyasida ishtirok etdi. 

Yaponiyaning sobiq Bosh vaziri Sindzo Abe bugun, 8 iyul kuni Nara shahrida saylovoldi tashviqoti chog‘ida o‘ldirildi. Sobiq Bosh vazir qon ketayotgan va hushini yo‘qotgan holda shifoxonaga yotqizilgan. Ayrim OAV tarqatayotgan xabarlarga qaraganda, Abening yuragi urishdan to‘xtagan, bu klinik o‘lim deya aytilmoqda. 

Qo‘lbola miltiqdan bir necha marta o‘q uzgan shaxs voqea joyida qo‘lga olindi. U 41 yoshli mahalliy fuqaro Tetsuya Yamagami – Yaponiya o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlarining sobiq dengizchisi bo‘lib chiqdi. Hozirda politsiya uni so‘roq qilmoqda, sabablari haqida hozircha ma’lumot berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Sindzo Abega suiqasd

Baholaganlar

747

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing