Simone Indzagi MYU taklifini rad etdi – manba
Sport
−
08 yanvar 947 1 daqiqa
“Manchester Yunayted” hozirda Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubini boshqarayotgan Simone Indzagini bosh murabbiy sifatida tayinlashga qiziqish bildirdi, ammo Indzagi MYU taklifini rad etdi. Bu haqda “Tuttosport” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Manchester Yunayted” Ruben Amorim ishdan bo‘shatilganidan so‘ng, Indzagiga bog‘lanib, unga Angliya Premer-ligasida eng yuqori maosh oluvchi mutaxassislardan biriga aylanish imkoniyatini taklif qilgan. Taklif etilgan maosh yiliga taxminan 15 million funt ekanligi aytilmoqda. Biroq italiyalik mutaxassis “Al-Hilol”dagi vazifasida qolishga qaror qilgan va ingliz klubi taklifini rad etgan.
Ma’lumot uchun, Ruben Amorim joriy yilning 5 yanvar kuni “Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqqan edi. Hozirda jamoa Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 20 ta o‘yindan 31 ochko to‘plab, oltinchi o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sulsher shartnomaning muddatiga qaramasdan, klubni vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida yana boshqarishga tayyor ekanini bildirgan edi.