Silva “Barselona”ga o‘tishga yaqin – OAV
Sport
−
29 may 915 1 daqiqa
“Barselona” portugaliyalik yarim himoyachi Bernardu Silvani erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Nikolas Skira xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Bitimda uni 2029 yil yozigacha uzaytirish imkoniyati ham bo‘ladi.
Avvalroq, Ispaniya OAVlari Bernardu Silvani “Real Madrid” bilan bog‘lagan edi. Shuningdek, “Atletiko Madrid” ham futbolchiga qiziqish bildirib, shartnomani uzaytirish imkoniyati bilan ikki yillik taklif tayyorlagani xabar qilingan.
Ma’lumot uchun, Silvaning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 30 iyunda yakunlanadi. U joriy mavsumda barcha musobaqalarda 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq insayder Fabritsio Romano “Barselona” “Nyukasl Yunayted” hujumchisi Entoni Gordonni 70 mln yevro va bonuslar evaziga transfer qilayotgani haqida xabar bergan edi.

Live
Barchasi