Gordon “Barselona”ga o‘tdi – Romano

Sport

image
“Nyukasl Yunayted” hujumchisi Entoni Gordon “Barselona”ga o‘tmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Romanoga ko‘ra, “Nyukasl” direktorlar kengashi hamda klubning Saudiya Arabistonidagi egalari kataloniyaliklar taklifini qabul qilgan.

Transfer narxi 70 million yevro etib belgilangan bo‘lib, qo‘shimcha bonuslar bilan umumiy mablag‘ 80 million yevrodan oshadi. Gordon shu hafta tibbiy ko‘rikdan o‘tish va Kataloniya klubi bilan shartnoma imzolash uchun yo‘l oladi.

Malumot uchun, Gordon ushbu mavsumda “Nyukasl” safida barcha musobaqalar doirasida 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 60 million yevroni tashkil qiladi.

Maqola muallifi

Teglar

Transfer “Barselona” Entoni Gordon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing