Sidney o‘rmon yong‘inlaridan tutun ostida “g‘oyib bo‘ldi”

Olam

image

Dunyoga mashhur Sidney opera teatri, biznes tumanidagi ko‘prik, port va osmono‘par binolar zich tutun ichida deyarli yo‘q bo‘lib ketdi. 

BBC’ning xabar berishicha, Avstraliyaning eng katta shahri Yangi Janubiy Uels xalqi bir haftadan ko‘proq vaqtdan beri davom etayotgan o‘rmon yong‘inlaridan aziyat chekmoqda.

Shahar meteorologik xizmati havo ifloslanishini o‘ta xavfli deb baholadi. Ijtimoiy tarmoqlarda odamlar nafas olish bilan bog‘liq muammolar borligini yozmoqda.

Ob-havo ma’lumotiga ko‘ra, vaziyat yaqin orada yaxshilanmaydi. Shamol esa Sidney tomon esmoqda. Shu sabab olov Sidneyga yo‘nalmoqda.

Sidney aholisi jiddiy xavf haqida ogohlantirildi. Chunki shaharning ba’zi joylarida harorat +37 darajaga ko‘tarildi.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Sidney

Baholaganlar

20

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing