Sidneydagi shouda 90 ga yaqin dron qulab tushdi (video)
Olam
−
27 may 4239 1 daqiqa
Avstraliyada “Vivid Sydney” festivali davomida texnik nosozlik tufayli 90 ga yaqin dron to‘satdan bandargohga qulab tushdi. Tashkilotchilar bir nechta shoularni bekor qildi va to‘liq tekshiruv boshladi. Bu haqda “News.com.au” xabar berdi.
Hodisa 25 may oqshomida Darling-Xarbor hududida o‘tkazilayotgan “Star-Bound” ertalabki shousi vaqtida yuz bergan. Kokl-Bey ko‘rfazi uzra osmonda porlab turgan dronlar guruhi uchib ketayotgan bo‘lgan, biroq biroz vaqt o‘tgach, apparatlarning bir qismi safdan ajralib, suvga qulay boshlagan. Voqea joyidan olingan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Kadrlarda dronlar boshqaruvni yo‘qotayotgani, tomoshabinlar esa hayrat bilan munosabat bildirayotgani aks etgan.
Ushbu voqeadan so‘ng tashkilotchilar bir nechta shoularni bekor qilgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu to‘liq texnik tekshiruv o‘tkazish uchun zarur.
Shou uchun mas’ul bo‘lgan “SkyMagic” kompaniyasining ma’lum qilishicha, bunga dronlar havoga ko‘tarilganidan keyin “radiochastota muhitining kutilmaganda o‘zgarishi” sabab bo‘lgan. Shu bois, dronlarning bir qismi favqulodda qo‘nish rejimini ishga tushirgan.
Operatorlar vaziyatni baholash va soz holatdagi apparatlarni yerga xavfsiz qaytarish uchun havodagi butun dronlar guruhi harakatini zudlik bilan to‘xtatgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida aviatsiya-kimyoviy ishlarni bajarayotgan An-2 samolyoti halokatga uchragan edi.