Siberian Wellness – O‘zbekiston ekologiyasi uchun qayg‘urayotgan xalqaro korxona!

Biznes

image

O‘zbekiston bo‘ylab 10 mingga yaqin daraxt ekish va atrof-muhitni chiqindilardan tozalash kabi o‘ta ahamiyatli vazifalarni beminnat bajarib kelayotgan Siberian Wellness tashkiloti ekologiya orqali odamlar hayotini yaxshilamoqchi.

Uning sosiy shiori – tabiat bizga berayotgan ne’matlarini qaytara bilish ham kerak. Shu sababli atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologiyaga jiddiy e’tibor berish har kimning burchi.

Xuddi shu maqsad bilan tashkilot allaqachon 4200 korporativ ko‘ngillilarni o‘z atrofiga birlashtira oldi.

2020 yilda Siberian Wellness kompaniyasi o‘zi uchun BMTning 8 ta barqaror rivojlanish yo‘nalishini tanladi. Ular:

— odamlar salomatligi va farovonligini yaxshilash;
— munosib mehnat va iqtisodiy o‘sishga xissa qo‘shish;
— gender tengligi;
— sifatli iste’mol va ishlab chiqarish;
— barqaror rivojlanish maqsadida boshqa kompaniyalar bilan hamkorlik qilish;
— dengiz ekotizimlarini saqlash;
— yer ekotizimini saqlash;
— global iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish. 

Qolaversa, kompaniya 2020–2030 yillar uchun ekologiya siyosati strategiyasini ishlab chiqqan bo‘lib, unda quyidagi muhim bosqichlar keltirilgan:

— ekologik ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
— ekologik qadoqlashni joriy etish;
— ekologik do‘konlar va ofislar ochish;
— ekologik tadbirlar tashlillashtirish;
— ekotizimlar va iqlim siyosatini yuritish;
— ekologik ta’lim va madaniyatni shakllantirish.

Bugungacha  korxona o‘z maqsadlarining bir qismiga erishib ulgurgan. 2023 yilda kompaniya o‘zi uchun muhim barqarorlik mavzularini belgilab oldi va ularning har birida jiddiy natijalarga erishdi. Masalan, Siberian Wellness’da ishlab chiqarish yanada sifatli bo‘ldi. Buning natijasida aynan 2023 yilda ishlab chiqarish bo‘yicha ISO 14001:2015 atrof-muhitni boshqarish standartiga muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritdi. Endilikda resurslardan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish maydonchalarini ochish va rivojlantirishga yanada ekologik toza yondashuv brend sifatida korxona uchun mazkur sertifikat oldidagi muqaddas burchdir.

Boshqaruvning eng muhim maqsadlaridan biri havo tozaligini nazorat qilishdir. Siberian Wellness ishlab chiqarish maksimal havoni tozalash samaradorligini (- 99,46%) saqlaydi. 2022 yildan boshlab resurslar iste’moli to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va raqamli qayta ishlash bilan shug‘ullanib keladi.

Korxona birinchi marta Rossiyadagi filialining tegishli ob’ektlar bo‘ylab raqamlashtirilgan suv, yoqilg‘i va energiya iste’moli ma’lumotlarini ommaviy ravishda ochiqlab kelmoqda. 

Korporativ ko‘ngillilik 

Kompaniya uchun ESG (ekologiya, ijtimoiylik, boshqaruv) asosiy mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda. Rossiyada va xalqaro miqyosda kompaniya mavjud bo‘lgan mamlakatlarda ko‘ngillilar harakatini rivojlantirib, oddiy va qiziqarli loyihalarni yaratish orqali uni yanada qulayroq qilish ustida ishlamoqda. 
2023 yilda “100 gektar” o‘rmon-iqlim loyihasini muvaffaqiyatli davom ettirib, unda 3700 dan ortiq kishi ishtiroki ta’minlangan. “100 gektar” “Yer ekotizimini saqlash” nominatsiyasida “Rossiyadagi eng yaxshi ESG loyihasi” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bundan tashqari, loyiha O‘zbekistonda ham muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Masalan, Orol fojialarini kamaytirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida yuzlab saksovul ko‘chatlarini ekish, konsentrlangan meva sharbatlari ishlab chiqarish kabi loyihalari allaqachon o‘zini oqlagan.

Shuningdek, ishtirokchilarga sport faoliyatini atrofdagi axlatni tozalash bilan uyg‘unlashtirish imkonini beruvchi Wellness Plogging loyihasi ham ishga tushirildi. 500 dan ortiq kishi yangi foydali xobbini o‘zi uchun kashf etdi. Bu faqat boshlanishi bo‘lib, loyiha yana rivojlanadi.

Rasmiy hamkori Siberian Wellness bo‘lgan Tashkent Ploggers harakati joriy yilning 20 iyul kuni 1 yoshga to‘ldi. Harakat atigi bir yil ichida Toshkent ekologiyasi uchun ko‘plab xayrli ishlarni amalga oshirishga ulgurdi. Jami 479 ta ishtirokchidan iborat bo‘lgan jamoa shahar bo‘ylab 876 qop axlat yig‘ib, shaharni tozalashga hissa qo‘shdi. Yig‘ilgan axlatlar orasidan esa 1690 ta plastik idishlar va ularning 1812 ta plastik qopqog‘ini qayta ishlashga topshirib, qayta ishlash sanoati uchun ham ko‘mak berdi.

Plogging O‘zbekistonning 10 ta hududida tashkillashtirilgan bo‘lib, ularning eng mashhuri – Toshkent shahridagi Anhor kanali bo‘ylab yurish bo‘lgan. Harakat ishtirokchilari unda kanalni chiqindilardan tozalab, shahar bo‘ylab toza va zilol suvning oqishini ta’minlashgan.

Shuningdek,  Orolbo‘yi, Mo‘ynoq, “100 GA” loyihasi doirasida saksovullarni ekishda ham ayni shu harakat a’zolarining o‘rni katta.

Eng ko‘p plogging mart oyida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan birgalikda unda 164 kishi ishtirok etdi.
Ammo bu harakat faqat issiq kunlarda ishlaydi degani emas. 2024 yilning 1 yanvar kuni, qishning eng qahraton kunlarida ham Tashkent Ploggers ishtirokchilari yangi yil bayramidan so‘ng hosil bo‘lgan chiqindilarni yig‘ish bilan band bo‘lishdi.  O‘shanda jami 23 kishi 50 qop chiqindi yig‘ib, Milliy bog‘ (istirohat bog‘i), Seul ko‘chasi, Charx Kamolon 2 va 3 mavzelarini tozalashdi.

Maqsadli auditoriyani jalb qilish uchun korxona xodimlarni, mijozlarni va biznes hamkorlarni atrof-muhitni muhofaza qilish borasida kun tartibiga amal qilishga undaydi.

Siberian Wellness o‘z aqidalariga sodiq qolgan holda o‘zi ishlab chiqaradigan ekologik toza mahsulotlarning ekologik holatini yanada oshirish ustida ish olib bordi.

Xususan, mahsulotlarning 96 foizi qadoqlash qatlamlari sonini qisqartirgan (2020 yilda bu ko‘rsatkich 40 % edi).

Mahsulotlarning 90 foizi qadoqlashning qayta ishlanishini yaxshilagan (2020 yilda bu ko‘rsatkich 4 % ga teng bo‘lgan). 

Mahsulotlarning qadoqlarida 100 % etiketka mavjud (2020 yilda bu ko‘rsatkich 54 % edi). 

“ESG formulasi, agar u sun’iy qo‘shimcha emas, balki bo‘limlar maqsadlari va KPI bilan birlashtirilgan brend DNKining bir qismi bo‘lsa samarali bo‘ladi. Qadriyatlarni nafaqat xodimlar, balki mijozlar ham baham ko‘rishlari uchun ishni qurish muhimdir. Bunga erishishning eng yaxshi usuli — ESG biznes strategiyalari, hududlar va odamlar hayoti sifatini qanday yaxshilashini namoyish qilishdir”, — deydi Siberian Wellness prezidenti Tatyana Goroxovskaya.

Biz bilan telefon orqali bog‘laning: +99878 113 87 67

Bizning maslahatchilarimiz sizga farovonlik olamiga birinchi qadamni qanday qo‘yish kerakligini aytib berishadi.

Shuningdek, bizning infouz@sibval.com manzilga murojaat qilishingiz mumkin.

Do‘konning ish vaqti: dushanbadan yakshanbagacha 09:15 dan 19:00 gacha

Sall-markazning ish vaqti: dushanbadan yakshanbagacha soat 08:00 dan 21:00 gacha

Manzil: Toshkent sh. Nukus ko‘chasi, 29-uy.

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring www.siberianhealth.com

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing

YouTube'da bizni kuzatib boring

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing