Xalqaro kompaniya O‘zbekistonda ekologik muhitni yaxshilash maqsadida ko‘chat ekmoqda 

Biznes

image

Ko‘plab ijtimoiy loyihalarni amalga oshirib kelayotgan “Siberian Wellness” xalqaro kompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida yuzlab saksovul ko‘chatlarini ekdi.

Qayd etilishicha, mazkur kompaniya “My garden in the Aral Sea” (“Oroldagi bog‘im”) loyihasi doirasida kuz mavsumida 4000 dan ortiq saksovul ko‘chatlarini ekishni rejalashtirgan. Birgina joriy yilning 28 oktyabr kuni 500 tup saksovul ko‘chati o‘tqazilgan. Ushbu aksiyada Samarqand, Namangan, Farg‘ona, Andijon viloyatlari, Toshkent shahri hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 150 nafardan ortiq tadbirkor va ko‘ngillilar ishtirok etgan.

Orol dengizi qurishi oqibatlarini bartaraf etish hamda sayyohlar sonini ko‘paytirishga qaratilgan “Oroldagi bog‘im” loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsion markazi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha hisoblanadi. Unda asosan Orol atrofida ko‘p yillik butalar, o‘simliklar, jumladan, saksovullar ekish rejalashtirilgan.

Ma’lumki, o‘rta yoshli saksovul butasi ildizi bilan bir tonna qumni ushlay oladi. Ikki yoshli saksovulzorda shamol tezligi 20 foizga, olti yoshli saksovulzorda esa 80 foizgacha sekinlashadi. Natijada havoning chang zarralari va qumli tuzlar bilan ifloslanishi olti barobarga kamayadi. Saksovullar bir gektar maydonda kuniga 1 200 kilogrammgacha karbonat angidridni o‘zlashtiradi va 835 kilogrammgacha kislorod chiqaradi. Shuning uchun ham “Siberian Wellness” kompaniyasi tomonidan aynan saksovullar ekish rejalashtirilgan.

Kompaniyaning xalqaro ekosiyosatdagi o‘rni

“Siberian Wellness” kompaniyasi 2020 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining barqaror rivojlanish bo‘yicha global yo‘riqnomasiga qo‘shilgan bo‘lib, ulardan sakkiztasi kompaniya ekosiyosatining asosini tashkil etdi.

2020 yilning kuzida Novosibirsk viloyatining Kolivansk tumanidagi Sibirda kompaniya tomonidan birinchi ekologik loyiha amalga oshirilgan bo‘lib, unda 5 gektar maydonda sadr daraxti ekilgan. 2021 yilda esa “Mir Vokrug Tebya” (“Atrofingizdagi dunyo”) fondi butun dunyo bo‘ylab ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini tashkil etish jarayonini ishlab chiqqan edi. Bu loyiha "Siberian Wellness" kompaniyasining 25 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, uning sharafiga "25 gektar" deb nomlandi. Shundan keyin kompaniya tomonidan har yili 100 gektar maydonni ko‘kalamzorlashtirishga qaror qilinadi. Shu paytga qadar loyiha doirasida 15 mamlakatda 8 ming nafar ko‘ngillilar tomonidan milliondan ortiq daraxt ekilgan.

“Bizning asosiy maqsadimiz tadbirkorlarimiz va mijozlarimizni ekologik muammolar va iqlim o‘zgarishini hal qilishda mas’uliyatli va faol yondashishga undashdir. Biz esa, avvalo, hayotimiz, farzandlarimiz va nabiralarimizga o‘z hissamizni qo‘shayotganimizni anglash zarur”, deydi kompaniya vakili.

Biz bilan telefon orqali bog‘laning: +998712058767

Bizning maslahatchilarimiz sizga farovonlik olamiga birinchi qadamni qanday qo‘yish kerakligini aytib berishadi.

Shuningdek, bizning [email protected] manzilga murojaat qilishingiz mumkin.

Do‘konning ish vaqti: dushanbadan yakshanbagacha 09:15 dan 19:00 gacha

Sall-markazning ish vaqti: dushanbadan yakshanbagacha soat 08:00 dan 21:00 gacha

Manzil: Toshkent sh. Nukus ko‘chasi, 29-uy.

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring www.siberianhealth.com

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing

YouTube'da bizni kuzatib boring

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made