Si Szinpinning Hindistonga bormasligidan Baydenning hafsalasi pir bo‘ldi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Xitoy rahbari Si Szinpinning shu oy Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida ishtirok etmasligidan hafsalasi pir bo‘ldi. Bu haqda kecha, 3 sentyabr kuni Oq uy matbuot xizmati ma’lum qildi.

"Hafsalam pir bo‘ldi, lekin men u bilan (Si Szinpin bilan) uchrashish niyatidaman”, deydi Amerika rahbari press-pulda Xitoy Prezidentining bo‘lajak sammitda ishtirok etmasligini izohlar ekan.

Qayd etish joizki, oldinroq Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ham Bayden Si Szinpinni Nyu-Dehlida ko‘rishni albatta xohlashini aytgan edi. Biroq, Kirbining so‘zlariga ko‘ra, Amerika ma’muriyati sammitda qatnashish qarori Xitoy tomoniga bog‘liqligini biladi. 1 sentyabr kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Xitoy rahbarining G20 sammitiga safari bilan bog‘liq rejalariga hali oydinlik kirita olmasligini aytdi.

Ma’lumot uchun, Hindiston G20’ga 2022 yil 1 dekabrdan beri raislik qilmoqda. Nyu-Dehlidagi sammit 9-10 sentyabr kunlari o‘tkaziladi. Unga G20 a’zoligiga kiruvchi barcha mamlakatlar va yana to‘qqizta davlat (Bangladesh, Misr, Ispaniya, Mavrikiy, Nigeriya, Niderlandiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon va Singapur) rahbarlari taklif etilgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham G20 sammitida qatnashmasligi, uning o‘rniga Hindistonga Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni yuborishi ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Si Tszin'pin G20 Bayden N'yu-Dehli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made