Si Szinpin O‘zbekistonga kelishdan avval Qozog‘istonda to‘xtashi aytildi

Olam

image

Biroz avval Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Szinpin 14-16 sentyabr kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelishi haqida xabar bergan edik. Ma’lumotlarga qaraganda, Si Szinpin O‘zbekistonga tashrifdan avval Qozog‘istonda to‘xtaydi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti Matbuot xizmati xabar tarqatdi. 

“14 sentyabr kuni Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin davlat tashrifi bilan Qozog‘iston poytaxtiga keladi”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, Qozog‘iston va Xitoy rahbarlari har tomonlama qozoq-xitoy strategik sherikligini mustahkamlash istiqbollarini muhokama qiladi. Muzokaralar yakunlari bo‘yicha qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. 

Joriy yilning fevral oyi boshida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev XXR raisi Si Szinpin taklifiga binoan Pekinga tashrif buyurdi va u yerda Olimpiadaning ochilish marosimida ishtirok etdi. O‘shanda ikki davlat rahbarlari strategik sheriklikni rivojlantirish istiqbollarini ham muhokama qilgan..


Maqola muallifi

Teglar

Si Tszin'pin

Baholaganlar

232

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing