Si Szinpin Putinning taklifini rad etmagan – Peskov

Olam

image

Xitoy rahbari Si Szinpin Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Rossiyaga tashrif buyurish taklifini rad etgani haqidagi ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, Xitoy tomoni kovid cheklovlarini yumshatgani sababli o‘zaro tashriflar amalga oshiriladi. Bu haqda bugun, 5 iyul kuni jurnalistlarga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. 

“Bu mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deydi Kreml vakili TASSning tegishli savoliga javoban. 

Joriy yilning 15 iyun kuni Si Szinpin bilan telefon suhbati chog‘ida Putin uni Rossiyaga taklif qilgan, biroq Xitoy rahbari yaqin orada Rossiyaga kelish “qiyin” bo‘lishini aytgan va rad etgan. Bu haqda Yaponiyaning “Yomiuri” gazetasi o‘zining diplomatik manbalariga tayanib xabar berdi. 

"Gap shundaki, Xitoyda ma’lum kovid cheklovlari davom etmoqda va bu mutlaqo normal holat, biz bunga tushunish bilan munosabatda bo‘lishimiz kerak. Putinda Xitoyga tashrifi buyurishi bo‘yicha amaldagi taklif bor va Si Szinpinda Rossiyaga. Cheklovlarning yumshatilishiga imkon bo‘lsa, barcha tashriflar amalga oshiriladi”, deb tushuntirdi Peskov.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Si Tszin'pin

Baholaganlar

398

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing