Si Szinpin Parijda Makron bilan uchrashdi

Olam

image

Parijda Xitoy rahbari Si Szinpin, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi. 

"Xitoy va Yevropa Ittifoqi strategik konsensusga erishishi, strategik hamkorlikni rivojlantirishi, Xitoy va Yevropa Ittifoqi munosabatlarining sog‘lom va barqaror rivojlanishiga ko‘maklashishi, dunyo tinchligi va taraqqiyotiga doimiy ravishda yangi hissa qo‘shishi kerak", dedi Xitoy rahbari.

Si Szinpinning aytishicha, Xitoy Yevropa bilan munosabatlarga doimo strategik va uzoq muddatli istiqbol nuqtai nazaridan qaragan. U Pekin va Parij o‘rtasidagi hamkorlik rivojlanib borishiga umid bildirdi.

BFMTV xabariga ko‘ra, Emmanuel Makron uchrashuvda Yevropa va Xitoy o‘rtasidagi muloqot dunyodagi vaziyat tufayli "har doimgidan ham zarur" ekanini aytgan. U Ukraina va Yaqin Sharqdagi mojarolar masalasida Pekin bilan muvofiqlashtirishni hal qiluvchi omil deb atadi.

O‘z navbatida, Ursula fon der Lyayen jahon bozoridagi vaziyatga e’tibor qaratdi. U Xitoy bilan munosabatlarni ayni paytda eng murakkab va muhimlaridan biri deb atadi.

“Bozorga kirishdagi joriy nomutanosiblik barqaror emas va uni bartaraf etish kerak... Yevropa industrializatsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan bozorni buzuvchi amaliyotlarni qabul qila olmaydi”, deydi Yevrokomissiya rahbari.

“Bloomberg”ning yozishicha, Fransiya Prezidenti Xitoy Xalq Respublikasi rahbari bilan munosabatlarni mustahkamlash niyatida, shu maqsadda uni Yelisey saroyi va Pireney tog‘larida kechki ovqatga taklif qilishni rejalashtirmoqda. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Emmanuyel Makron Si Szinpin bilan Ukrainadagi mojaro va elektromobil akkumulyatorlari sektorini Fransiya bozoriga jalb etish masalalarini muhokama qilmoqchi. Si Yevropaga tashrifi davomida Serbiya va Vengriyaga ham tashrif buyuradi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Xitoy Emmanuel' Makron Si Tszin'pin Ursula fon der Lyayen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing