Si Szinpin Orban bilan uchrashdi

Olam

image

Xitoy rahbari Si Szinpin bugun, 8 iyul kuni ertalab Pekindagi Dyaoyuytay davlat qarorgohida Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashdi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.

Si Szinpin Orban bilan uchrashuvi chog‘ida Xitoy va Vengriya Ukraina inqirozini hal qilishda umumiy tamoyillarga ega ekanini aytib o‘tdi.

“Xitoy va Vengriyaning Ukraina bo‘yicha asosiy pozitsiyalari va sa’y-harakatlari yo‘nalishlari bir-biriga mos keladi, Xitoy Vengriya va barcha manfaatdor tomonlar bilan aloqalarni davom ettirishga tayyor”, deydi Si Szinpin.

Muzokaralar chog‘ida Xitoy rahbari “Orbanning Ukraina inqirozini siyosiy yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan sa’y-harakatlarini yuqori baholagan”.

Orban esa Vengriya Xitoyning Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha tinchlik rejasini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. 

“Vengriyaliklar tinchliksevar xalq, shuning uchun biz urush emas, tinchlik tarafidamiz”, degan Bosh vazir. 

Orban Ukraina hududidagi harbiy mojaro 2,5 yildan beri davom etayotganini va shu vaqt davomida “Vengriya urush soyasida yashayotganini” eslatdi. 

“Shuning uchun Xitoyning Vengriya qo‘shnisidagi mojaroga nisbatan dunyoni tinchlikka chaqirishi biz uchun juda muhim”, dedi Orban Si Szinpinga murojaat qilib.

Ma’lumot uchun, 5 iyul kuni Orban Moskvada Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Ukrainadagi mojaroni hal qilishning mumkin bo‘lgan yo‘llari va tinchlik muzokaralarini boshlash shartlarini muhokama qildi. 2 iyul kuni u Kiyevda bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan gaplashgandi. Vengriya hukumati Xitoyning 2023 yil 24 fevralda ilgari surilgan 12 banddan iborat tinchlik rejasini qo‘llab-quvvatlashini bir necha bor aytgan. Uning asosiy qoidalari harbiy harakatlarni to‘xtatish va tinchlik muzokaralarini qayta boshlash edi.


Maqola muallifi

Teglar

Si Tszin'pin Orban

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made