Si Szinpin Moskvadan tantana bilan kuzatib qo‘yildi
Olam
−
22 mart 2023
7819XXR raisi Si Szinpin bugun, 22 mart kuni ertalab Moskvaga davlat tashrifini yakunlab, Rossiyani tark etdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Rais hay’ati Xitoy rahbarining rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan yuzma-yuz va keng delegatsiyalar tarkibidagi ikki kunlik muzokaralar dasturi yakunida poytaxtning “Vnukovo-2” aeroportidan jo‘nab ketdi. Rossiya 10 mart kuni Butunxitoy xalq vakillari kengashi (parlament) tomonidan uchinchi muddatga qayta saylanganidan keyin Si Szinpin tashrif buyurgan birinchi davlat bo‘ldi.
Xitoy rahbarining jo‘nab ketishi munosabati bilan aeroportda tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Xitoy va Rossiya davlat bayroqlari ko‘tarilib, ikki davlat madhiyalari yangradi. Xitoy rahbari harbiy orkestrning musiqiy jo‘rligida qizil gilam yo‘lagidan o‘tdi. Si Szinpinni samolyot zinapoyasida Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko, Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Si Szinpinning Rossiyaga davlat tashrifi 20 mart kuni boshlandi. Putin bilan norasmiy uchrashuvda Xitoy rahbari rossiyalik hamkasbini 2023 yilda Xitoyga tashrif buyurishni taklif qildi. Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Rossiya Federatsiyasi va Xitoyning yangi davrga qadam qo‘yayotgan har tomonlama sheriklik va strategik hamkorlik munosabatlarini chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonoti e’lon qilindi.