Si Szinpin xitoylik askarlarni urushga shay bo‘lishga chaqirdi

Olam

image

Xitoylik askarlar butun ruhiyati v energiyasini bo‘lg‘usi urushga tayyorlanishga sarflashi kerak. Xitoy raisi Si Szinpin Guandun provinsiyasidagi harbiy bazada bo‘lib, shunday fikr bildirdi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi.

Si Szinpin Chaochjou shahridagi Xitoy Xalq ozodlik armiyasi dengiz piyoda qo‘shinlari holatini tekshirayotganda harbiylarga murojaat qilib, ularni yuqori hushyorlik holatini saqlashga chaqirdi. U shuningdek, ulardan mutlaq sadoqat, ishonchlilik va benuqsonlikni talab qildi. Shu bilan birga, Xitoy rahbari Dengiz piyodalari korpusi – bu Xitoyning milliy suvereniteti, xavfsizligi, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini himoya qilish uchun mo‘ljallangan elita bo‘linmasi ekanligini eslatdi.

CNN`ning aniqlik kiritishicha, Si Szinpinning Guandun viloyatiga tashrifidan asosiy maqsadi Shenchjen maxsus iqtisodiy zonasi tashkil etilganining 40 yilligi munosabati bilan tashkil qilingan marosimda ishtirok etish bo‘lgan. 

Qayd etish kerakkki, hozirda Xitoy va AQSH munosabatlarida koronavirus pandemiyasi va Tayvan oroli sabab haddan tashqari keskinlik saqlanib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Si Tszin'pin

Baholaganlar

1719

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing