Si Szinpin Xitoy raisligiga uchinchi muddatga saylandi

Olam

image

Bugun, 10 mart kuni Si Szinpin Xitoy Xalq Respublikasi Raisi sifatida uchinchi besh yillik muddatga saylandi.

Qayd etilishicha, Butunxitoy xalq vakillari kengashining 3000 ga yaqin a’zosi boshqa nomzod bo‘lmagan saylovda 69 yoshli Si Szinpinning Rais bo‘lishini bir ovozdan yoqlagan. Ovoz berish bir soatga yaqin davom etgan, elektron ovozlarni sanash taxminan 15 daqiqada yakunlangan.

Bundan tashqari, Si Szinpin Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy harbiy kengashi raisi etib qayta saylangan. Kelgusi ikki kun ichida Si Szinpin tomonidan tasdiqlangan mansabdor shaxslar vazirlar mahkamasidagi yuqori lavozimlarni egallashi kutilmoqda. Xususan, Xitoyning 2-o‘rindagi lavozimiga Bosh vazir Li Syan tayinlanishi taxmin qilinmoqda. 

Si Szinpin ilk bor 2013 yil mart oyida Xitoy Raisi etib saylangan va 2018 yil mart oyida ikkinchi besh yillik muddatga qayta saylangan. XXRda raislik lavozimi 1954 yilda mamlakat konstitutsiyasining qabul qilinishi bilan tashkil etilgan bo‘lib, bu lavozimni birinchi bo‘lib Mao Szedun egallagan. Bu lavozim 1975 yilda tugatilib, yetti yildan keyin qayta tiklangan. Ilgari konstitutsiya bir shaxsning XXR raisligida ikki marta qayta saylanishini cheklagan bo‘lsa, 2018 yilning martida konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlardan so‘ng tegishli cheklovlar olib tashlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Si Szinpin 13 mart kuni yillik parlament sessiyasi yopilishidan oldin nutq so‘zlaydi. Bu nutq uch yillik COVID cheklovlari va G‘arb bilan munosabatlarning yomonlashuvi tufayli yuzaga kelgan muammolar haqida bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy saylov Si Tszin'pin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing