Si Szinpin Xitoy armiyasini haqiqiy urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi

Olam

image

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin mamlakat armiyasini haqiqiy urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar berdi

Xabarga ko‘ra, kecha, 12 aprel kuni Xitoy rahbari mamlakat Xalq ozodlik armiyasi harbiy qo‘mondonligining janubiy zonasini tekshirish vaqtida harbiylarni haqiqiy jangovar harakatlarni hisobga olgan holda tayyorgarlikni kuchaytirishga chaqirgan. 

"Haqiqiy jangovar harakatlarga yo‘naltirilgan harbiy tayyorgarlikni kuchaytirish, harbiy va operatsion masalalarni o‘rganishni chuqurlashtirish, operatsion tushunchalar va jangovar o‘qitish usullarini yangilash kerak. Qarama-qarshi tayyorgarlikni kuchaytirish va asosiy masalalarga e’tibor qaratish kerak", degan u. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy armiyasining jangovar salohiyatini mustahkamlash uchun yangi kuchlar va vositalar ustida ishlash kerak.

"Qo‘shinlarning xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash uchun harbiylarni o‘qitish va boshqarishni kuchaytirish kerak. Barcha darajalarni, ayniqsa, boshqaruv kadrlarni o‘qitish lozim. Ofitserlar va askarlarni jangovar qo‘mondonlikning Janubiy zonasida dengiz floti qurilishida doimiy ravishda yangi vaziyat yaratishga o‘rgatish kerak", deya ta’kidlaydi Si Szinpin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi oylarda Pekin harbiy tayyorgarlik bo‘yicha yangi qonunlar, Tayvan bo‘g‘ozi bo‘ylab joylashgan shaharlarda havo hujumidan yashirinish uchun boshpanalarni hamda "Milliy mudofaa safarbarligi" idoralarini joriy qilgan. 

Nashrda e’lon qilingan maqolada aytilishicha, hozircha voqealar rivoji nima bilan tugashini aytishga erta. Biroq agar Si Szinpin urushga tayyorligini aytgan ekan, uning gapini jiddiy qabul qilish kerak. Nashr Xitoyning urushga tayyorlanayotgan bo‘lishi mumkinligining isboti sifatida bir necha alomatlarni keltirgan. Xususan, Si Szinpinning Butunxitoy xalq vakillari kengashi va Xitoy Xalq siyosiy maslahat konferensiyasining bu yilgi yig‘ilishlarida so‘zlagan nutqi Xitoy nashrlaridan birida e’lon qilingan. Unda Xitoy rahbari milliy mudofaa va armiyani modernizatsiya qilishni tezlashtirish kerakligiga urg‘u bergan. Nutq davomida AQSHga ham sha’ma qilingan.

"Bizga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan urushlar oldida dushmanlar bilan ular tushunadigan tilda gaplashishimiz hamda tinchlik va hurmat qozonish uchun g‘alabadan foydalanishimiz kerak. Yangi davrda Xalq Armiyasi janglarni to‘xtatish uchun kuch ishlatishni talab qilmoqda. Armiyamiz jangovar mahorati, kuchli jangovar ruhi bilan mashhur. U faqat miltiqlar yordamida Amerika texnikasi bilan jihozlangan Gomindan armiyasini mag‘lub etdi. U Koreya jang maydonida tish-tirnog‘igacha qurollangan dunyoning birinchi raqamli dushmanini mag‘lub etdi va dunyoni larzaga soldi", deyiladi unda. 

Xitoy rahbarining ehtimoliy urushni rejalashtirayotganiga oid ishoralar oldinroq, o‘tgan yilning dekabr oyida ham paydo bo‘lgan. O‘shanda Pekin Xalq ozodlik armiyasiga zaxira kuchlarni osonroq faollashtirish va urush paytida jangovar qo‘shinlarni to‘ldirish tizimini tashkil etish imkonini beradigan yangi qonunni e’lon qilgandi. Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Xitoy Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Ukraina urushidagi muvaffaqiyatsizligidan harbiy safarbarlik joriy qilish bo‘yicha yetarlicha saboq chiqargan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Foreign Affairs” nashri Si Szinpin Xitoyni Tayvanga bostirib kirishga tayyorlayotganini ma’lum qilgandi. Unga ko‘ra, Szinpin Xitoy parlamenti va uning oliy siyosiy maslahat organining yillik yig‘ilishida to‘rtta nutq orqali ushbu mavzuni yoritib bergan. Nutq davomida u generallardan biriga "jang qilishga jur’at eting", deb ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Si Tszin'pin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing