Si Szinpin Xitoy armiyasida katta tozalash qilmoqda

Olam

image

Xitoy rahbari Si Szinpin mamlakat armiyasida Xitoy Xalq Respublikasining asoschisi va birinchi rahbari Mao Szedun davridan buyon eng yirik tozalash jarayonini amalga oshirmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyning birinchi rahbari o‘z hokimiyati davrida tayinlagan generallarning qariyb beshdan bir qismini lavozimidan chetlatgan. Ulardan ayrimlari tergov ostida, boshqalari esa bir paytdan keyin omma oldida umuman ko‘rinmay qolgan. 

Qayd etilishicha, Xitoyda bunday ko‘lamdagi yuqori harbiy lavozimdagilarni ishdan olish Mao davridan beri kuzatilmagan. Masalan, sobiq davlat rahbarlari – Xu Szintao yoki Szyan Szemin davrida Xalq ozodlik armiyasining yuqori rahbariyatiga nisbatan biror marta tergov o‘tkazilmagan. 

“Bloomberg”ga ko‘ra, Si Szinpin hokimiyat tepasiga kelganidan buyon 13 yil davomida u tayinlagan generallarning 17,7 foizi lavozimidan chetlatilgan bo‘lib, deyarli barchasi uning uchinchi muddatida, ya’ni 2022 yil oktyabrdan keyin amalga oshirilgan. Natijada Xitoyning oliy harbiy organi – Markaziy harbiy kengash tarkibida hozir atigi to‘rt nafar a’zo qolgan. Bu Mao davridan keyingi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Si Szinpin hokimiyatni qo‘lga olganida esa kengash tarkibida yetti kishi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Si Tszin'pin Mao Tszedun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing