Si Szinpin Qozonga boradi
Olam
−
24 avgust
6505Xitoy rahbari Si Szinpin oktyabr oyida Qozonda bo‘lib o‘tadigan BRICS sammitida ishtirok etadi. Bu haqda Xitoyning Rossiyadagi elchisi Chjan Xanxuey ma’lum qildi.
“Tashrif va sayohat rejalashtirilgan, u sammitda ishtirok etadi”, deydi Xitoy elchisi.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi mamlakat rahbarining Rossiyaga tashrifi haqidagi ma’lumotni hali tasdiqlamagan.
Ma’lumot uchun, sammit 22-24 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
BRICS hukumatlararo tashkilot bo‘lib, hozirda Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika, Misr, Efiopiya, Eron va Birlashgan Arab Amirliklarini o‘z ichiga oladi. Yana bir qator davlatlar tashkilotga a’zo bo‘lish istagini bildirgan. BRICS’ni yaratish Rossiya tashabbusi bilan boshlangan.
Tashkilot formatidagi birinchi vazirlar uchrashuvi 2006 yil 20 sentyabrda Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Ozarbayjon BRICS’ga kirish uchun rasman ariza topshirgan edi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin eronlik mavqedoshi Mas’ud Pezeshkiyonni ham Qozonda bo‘lib o‘tadigan BRICS sammitida ishtirok etishga taklif qilgandi.
LiveBarchasi