Si Szinpin qiruvchi samolyotlar kuzatuvida Qozog‘istonga keldi
Olam
−
16 iyun 2025 7007 1 daqiqa
Bugun, 16 iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Qozog‘istonga tashrif buyurdi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Xitoy rahbarining samolyoti Qozog‘iston chegarasidan poytaxt aeroportigacha Qozog‘iston Havo mudofaasi kuchlari qiruvchi samolyotlari tomonidan kuzatib borilgan.
“Xitoy yetakchisining samolyoti Qozog‘iston chegarasidan poytaxt aeroportigacha bo‘lgan masofada mamlakatimiz Havo mudofaasi kuchlari qiruvchi samolyotlari tomonidan kuzatib borildi”, deyiladi Oqo‘rda xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xabar berilganidek, Si Szinpin Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan 16-17 iyun kunlari Ostonada bo‘lishi xabar qilingan edi. Shuningdek, 17 iyun kuni Ostonada “Markaziy Osiyo – Xitoy” ikkinchi sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda mintaqa davlatlari rahbarlari ishtirok etadi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28