Si Szinpin bir tomonlama sanksiyalarni qoraladi 

Olam

image

Butun dunyo yagona taqdirga ega bitta kemada suzib bormoqda va biron bir davlatni dengizga tashlab yuborishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Osiyo iqtisodiy forumiga yo‘llagan videomurojaatida ta’kidladi.  

“Dunyoning barcha davlatlari umumiy taqdirga ega bitta katta kemada suzib bormoqda. Agar ular g‘azablangan to‘lqinlarni kesib o‘tib, yorug‘ kelajak sari yo‘lda davom etishni istasa, bir yo‘nalishda harakat qilishi kerak. Kimnidir dengizga uloqtirishga urinishlarni qabul qilib bo‘lmaydi”, degan Si Szinpin.

Shuningdek, u ikki tomonlama standartlar siyosatidan voz kechishga va bir tomonlama sanksiyalarni suiiste’mol qilmaslikka chaqirgan. Si Szinpin mamlakatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni muloqot va maslahatlashuvlar yo‘li bilan hal qilishga sodiq qolish, inqirozlarni tinch yo‘l bilan hal etishga ko‘maklashish bo‘yicha barcha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

447

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing