Si Szinpin Baliga boradi. Uni Makron va Bayden bilan uchrashuv kutyapti
Olam
−
11 noyabr 2022
3050Xitoy rahbari Si Szinpin Balida (Indoneziya) bo‘lib o‘tadigan G20 va Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (APEC) sammitlarida ishtirok etadi. Bu haqda bugun, 11 noyabr kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin ma’lum qilgan.
Xabarda aytilishicha, Si Szinpin G20 sammitida ishtirok etish uchun 15-16 noyabr kunlari Indoneziyaning Bali oroliga tashrif buyuradi. Xitoy yetakchisi 17–19 noyabr kunlari esa Tailandga tashrif buyuradi va u yerda APEC yetakchilari yig‘ilishida ishtirok etadi.
Xitoy rahbari G20 va APEC doirasida AQSH Prezidenti Jo Bayden va Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.
“Sammitlar doirasida Si Szinpin Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, AQSH Prezidenti Jo Bayden, Senegal Prezidenti Maki Sall, Argentina Prezidenti Alberto Fernandes va boshqa yetakchilar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi”, degan Xitoy TIV matbuot kotibi Chjao Litszyan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy Si Szinpin va Baydenning Balidagi uchrashuvi chog‘ida AQSH bilan munosabatlarni normallashtirishga erishishga harakat qiladi.
“Birinchi navbatda, Xitoy-AQSH munosabatlari normal holatga qaytishini ta’minlashga intilamiz”, degan u brifing chog‘ida g‘arblik jurnalistning Pekin ikki davlat rahbarlarining bo‘lajak uchrashuvidan nimani kutayotgani haqidagi savoliga javob berar ekan.
LiveBarchasi