Si Szinpin AQSHga yetib bordi

Olam

image

Xitoy rahbari Si Szinpin Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammitida ishtirok etish va AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Kaliforniyaning San-Fransisko shahriga yetib bordi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.

Xitoy rahbarini aeroportda Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom va AQSH Moliya vaziri Janet Yellen kutib olgan. Mehmonxonaga yo‘lda Si Szinpin kortejini Qo‘shma Shtatlarda yashovchi xitoyliklar, xususan, Amerika universitetlari talabalari qo‘llarida Xitoy va AQSH bayroqlari bilan qarshi olgan.

“Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi Doimiy qo‘mitasi a’zosi, KPK Markaziy Qo‘mitasi Kotibiyatining birinchi kotibi Say Si, shuningdek, Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Van I Si Szinpin bilan birga San-Fransiskoga keldi”, deya aniqlik kiritilgan xabarda.

Ma’lumot uchun, APEC sammiti 15-17 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Sammit doirasidagi Xitoy va AQSH rahbarlarining uchrashuvi bugun, 15 noyabrga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Prezidenti Jo Bayden va Xitoy Raisi Si Szinpinning bu galgi uchrashuvidan ikki tomonlama munosabatlarni keskin yaxshilashi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar kutilmayotgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Si Tszin'pin Jo Bayden Kaliforniya APEC San-Frantsisko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing