Si Szinpin Afg‘oniston masalasida SHHT davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Olam

image

Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari Afg‘onistonning yangi hukumatini mo‘’tadil ichki va tashqi siyosat olib boradigan inklyuziv hukumat tuzishga undashi kerak. Bu haqda Xitoy raisi Si Szinpin ma’lum qildi. 

Si Szinpinning so‘zlariga ko‘ra, xorijiy Qurolli Kuchlar chiqarilishi bilan Afg‘onistondagi vaziyat keskin o‘zgargan. Unga ko‘ra, bugungi kunda Afg‘oniston oldida bir qator murakkab vazifalar turibdi, ularning yechimi jahon hamjamiyati, birinchi navbatda, mintaqa davlatlarining qo‘llab-quvvatlashi va yordamini talab qiladi. 

“SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, “SHHT-Afg‘oniston” aloqa guruhi kabi maydonlar salohiyatini ochish, Afg‘onistondagi vaziyatning silliq o‘zgarishiga ko‘maklashish kerak. Afg‘onistonning yangi hukumatini mo‘’tadil ichki va tashqi siyosat olib boradigan keng qamrovli siyosiy tuzilmani shakllantirishga undash juda muhim”, degan Si Szinpin Shanxay hamkorlik tashkiloti yig‘ilishida. 

XXR rahbari SHHT mamlakatlari har qanday ko‘rinishda terrorizmga qarshi murosasiz kurash olib borishi kerakligini ta’kidlagan. 

Ma’lumot o‘rnida, bugun, 17 sentyabr kuni Tojikiston poytaxtida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining yig‘ilishi o‘tkazilyapti. Kun tartibida bir nechta masalalar bor. Davlat rahbarlari 20 yillik yubileyini nishonlayotgan SHHT faoliyatini ham, xalqaro maydondagi voqealarni ham muhokama qiladi. Eng dolzarb muammolar orasida COVID-19 pandemiyasi va Afg‘oniston inqirozi bor. Yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston ShHT

Baholaganlar

252

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing