Si Szinpin diktatormi? Xitoy Berbokning bayonotini siyosiy provokatsiya deb topdi
Olam
−
19 Sentabr 2023
3577Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Xitoy raisi Si Szinpinni diktator deb atagani tufayli mamlakatning Pekindagi elchisi Xitoy TIVga chaqirtirildi. Bu haqda kecha, 18 sentyabr kuni Germaniya Tashqi ishlar vazirligi vakiliga tayanib, “Spiegel” gazetasi xabar berdi.
“Avval Tashqi ishlar vaziri Berbok Xitoy raisi Si [Szinpin]ni diktator deb atadi, keyin Germaniya elchisi TIVga chaqirildi”, deydi diplomat.
Uning qayd etishicha, Xitoy hukumati bu bayonotni ochiq siyosiy provokatsiya sifatida baholagan.
Ma’lumot uchun, Xitoy va Germaniya muhim savdo sheriklaridir. Shunga qaramay, Berlin dunyoni Xitoyga qarshi kurashishga chaqirmoqda. Masalan, joriy yilning 22 avgust kuni Berbok Xitoyning siyosati tobora tajovuzkor bo‘lib borayotganini, shuning uchun ham Avstraliya va Tinch okeani mintaqasining boshqa mamlakatlari uchun Germaniya bilan hamkorlikni boshlash muhimligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 sentyabr kuni AQSHga safar qilayotgan Annalena Berbok “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida Rossiyaning g‘alabasi “Si Szinpin kabi diktatorlarga signal bo‘lishini aytgandi.
LiveBarchasi