Shveysariyani 2021 yildan yangi Prezident boshqaradigan bo‘ldi

Olam

image

Shveysariya iqtisodiyot, ta’lim va fan federal departamenti (vazirligi) rahbari Gi Parmelan 2021 yildan mamlakat Prezidenti etib saylandi. Bu haqda Shveysariya parlamentining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilingan.

Ta’kidlanishicha, 9 dekabr kuni Parmelan uchun parlamentning ikki palatasi – Milliy kengash va Kantonlar kengashi ovoz bergan. Ushbu ovoz berish rasmiy xarakterga ega edi, chunki an’anaviy ravishda mamlakatning yangi prezidenti ilgari vitse-prezident bo‘lib ishlagan bo‘lishi kerak.

Parlamentga xabariga ko‘ra, Parmelan 202 ta ovozdan 188 tasini olgan. Shveysariya tashqi aloqalar federal departamenti (tashqi ishlar vazirligi) rahbari Ignatsio Kassis 2021 yildan Shveysariyaning vitse-prezidenti sifatida faoliyat yuritadi.

Parmelan 61 yoshda bo‘lib, u 2016 yildan beri hukumat tarkibida ishlab kelmoqda. U 2018 yil oxirigacha mudofaa, fuqaro muhofazasi va sport federal bo‘limini boshqargan. 2019 yil boshidani buyon Iqtisodiyot, ta’lim va fan vazirligining rahbari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Shveysariya hukumati (nemischa Bundesrat, fransuzcha Conseil fédéral - "Federal Kengash") "Federatsiyaning eng yuqori boshqaruv va ijro etuvchi organi"dir. Shveysariya Konstitutsiyasining 175-moddasida hukumat Shveysariya fuqarolari bo‘lgan va Konfederatsiya Parlamenti tomonidan 4 yilga saylanadigan 7 teng a’zodan iborat ekanligi belgilab qo‘yilgan. Boshqacha qilib aytganda, Shveysariya Prezidenti "shu 7 nafar teng a’zodan birinchi" (primus inter pares) hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shveytsariya Gi Parmelan

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing