Shveysariyadagi dahshatli yong‘inning sababi ochiqlandi
Olam
−
02 yanvar 4273 1 daqiqa
Avvalroq, Shveysariyada 40 kishining hayotiga zomin bo‘lgan yong‘in yuz bergani haqida xabar berilgan edi. Ushbu hodisaga “favvora” tipidagi olovli pirotexnika sabab bo‘lgani aniqlandi. Bu haqda Vale kantoni prokurori Beatris Pillud ma’lum qildi.
“Bu tergovning asosiy versiyasi bo‘lib, u tasdiqlangan”, deya javob bergan prokuror jurnalistning savoliga javoban.
Shuningdek, prokuror tergov davomida shiftga o‘rnatilgan shovqinni yutuvchi qoplamaning normalarga mos bo‘lganini va yopiq joyda mushak hamda bengal shamlaridan foydalanish qonuniy yoki qonuniy emasligini aniqlanishi kerakligini qayd etgan.
Shuningdek, mahalliy hokimiyat vakillari joriy yil 9 yanvarda Kran-Montanada halok bo‘lganlarni xotirlash marosimi o‘tkazilishini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Yangi yil kechasida mahalliy vaqt bilan soat taxminan 01:30 da Shveysariyadagi mashhur Alp kurorti Kran-Montanadagi bar ichida yong‘in sodir bo‘lgandi. Valeda politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘inda 40 kishi halok bo‘lgan, 119 kishi jarohat olgan, ularning aksari og‘ir ahvolda.
Jarohatlanganlarning 71 nafari Shveysariyalik, 14 nafari fransiaylik, 11 nafari italiyalik, 4 nafari serb va bir nafardan Bosniya, Belgiya, Lyuksemburg, Polsha va Portugaliya fuqarosi bor. Jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q.
Live
Barchasi