Shveysariya Rossiyaga yana sanksiya qo‘lladi

Olam

image

Shveysariya Donetsk, Lugansk, Zaporoje va Xerson viloyatlarining noqonuniy tarzda Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shib olinishi munosabati bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini qo‘shimcha 30 nafar shaxs va yetti tashkilotni qo‘shib kengaytirdi. Bu haqda bugun, 12 oktyabr kuni Shveysariya hukumati – Federal kengash ma’lum qildi. 

Hisobotda aytilishicha, bundan buyon qo‘shimcha 30 nafar shaxsga moliyaviy cheklovlar va sayohat sanksiyalari, yettita yangi tashkilot esa moliyaviy sanksiyalarga duchor bo‘ladi. 

Shunday qilib, Shveysariyaning sanksiyalar ro‘yxati endi "Yevropa Ittifoqi ro‘yxati bilan bir xil", deb ta’kidlandi Bernda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sakkizinchi sanksiyalar paketini kiritdi. Ro‘yxatda 30 nafar rossiyalik jismoniy va 7 ta yuridik shaxslar, jumladan, xonandalar Yuliya Chicherina, Nikolay Rastorguyev va Oleg Gazmanov ham bor.

Paket doirasida Rossiya neftiga ham narx chegarasi joriy etildi. Shuningdek, yangi sanksiyalar Rossiya po‘lat va mudofaa sanoatiga cheklovlar, Yevropa Ittifoqi fuqarolariga Rossiya davlat kompaniyalari direktorlar kengashida lavozim egallashni taqiqlash, “Prezident [Vladimir] Putinga harbiy harakatlarda yordam berganlarga qarshi yangi shaxsiy sanksiyalarni o‘z ichiga oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shveytsariya Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

71

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing