Shveysariya BMTning Migratsiya bitimiga qo‘shilishni rad etdi
Olam
−
17 Sentabr
2271Shveysariya senatorlari BMTning migratsiya bo‘yicha global bitimini mamlakat ratifikatsiya qilishiga qarshi ovoz berdi. Chunki mamlakat undan hech qanday foyda ko‘rmaydi. Bu haqda mamlakat parlamenti saytida bayonot e’lon qilindi.
“Shveysariya BMTning migratsiya bo‘yicha global kelishuvini qabul qilmasligi kerak. Kantonlar kengashi (parlamentning kichik palatasi) bugun, 17 sentyabr kuni 26 ovoz – 7 qarshi, 11 betaraf ovoz bilan qaror qabul qildi”, deyiladi bayonotda.
Senatorlarning fikricha, Shveysariya uni ratifikatsiya qilishdan aniq imtiyozlarga ega bo‘lmaydi. Parlamentning Buyuk palatasida bu masala hali ovozga qo‘yilmagan.
Ma’lumot uchun, xavfsiz, tartibli va qonuniy migratsiya bo‘yicha global shartnoma BMT homiyligida tayyorlangan birinchi hukumatlararo bitim bo‘lib, xalqaro migratsiyaning barcha jabhalariga keng qamrovli ta’sir ko‘rsatadi. U 2018 yil 10 dekabrda Marokashda migratsiya bo‘yicha hukumatlararo konferensiyada qabul qilingan.