Shveysariya Belarusga qarshi sanksiyalarni kuchaytirdi

Olam

image

Shveysariya bugun, 16 mart kuni Yevropa Ittifoqi tomonidan mart oyida Minskga kiritilgan cheklovlarga qo‘shildi. Bu haqda mamlakat hukumati – Federal Kengash ma’lum qildi.

“[Belarusga nisbatan] yangi tasdiqlangan chora-tadbirlar, xususan, moliya sektori va tovarlar savdosiga tegishli”, deya ta’kidlagan Bern rasmiylari.

Hukumat 2 va 9 mart kunlari YeI rasmiy Minsk RFning Bryussel tomonidan “xalqaro qoidalarni buzish” deb hisoblagan xatti-harakatlari uchun javobgarlikni zimmasiga olishi bilan izohlab Belarusga qo‘shimcha sanksiyalar qo‘llaganini eslatgan. Bu esa Rossiya Federatsiyasining Ukrainada boshlagan urushiga ishora qiladi. Federal Kengash 16 mart kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Minskka nisbatan xuddi shunday choralarni qo‘llashga qaror qilgan.

“Bu, birinchi navbatda, savdo va moliyaviy sanksiyalar haqida bo‘lib, asosan Yevropa Ittifoqi va Shveysariya tomonidan Rossiyaga qarshi ilgari qo‘llanilgan choralarga asoslanadi”, deya ta’kidlagan hukumat.

Shu munosabat bilan mamlakat Belarusga ikki maqsadli tovarlar, shuningdek, “Belarusning harbiy va texnologik mustahkamlanishiga yoki uning mudofaa va xavfsizlik sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shishi” mumkin bo‘lgan tovarlar eksportini taqiqladi. Bundan tashqari, Belarus Milliy banki bilan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish va ushbu mamlakatdan yog‘ochni qayta ishlash mahsulotlari, sement va metallurgiya mahsulotlarini import qilish taqiqlandi.

7 mart kuni Rossiya Federatsiyasi hukumati Rossiyaga, uning kompaniyalari va fuqarolariga nisbatan nodo‘stona harakatlar sodir etuvchi xorijiy davlatlar va hududlar ro‘yxatini tasdiqladi. Shveysariya ushbu ro‘yxatga kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

sanktsiya Belarus'

Baholaganlar

73

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing