Shvetsiyada NATOga a’zo bo‘lish masalasida qaror qabul qilindi

Olam

image

Shvetsiyaning hukmron Sotsial-demokratik ishchilar partiyasi rahbariyati mamlakatning NATOga kirishi masalasida qaror qabul qildi. Bu haqda partiya manbalari ma’lum qilgan. 

Ta’kidlanishicha, mamlakat Bosh vaziri Magdalena Anderssonning maqsadi joriy yilning iyun oyida alyansga a’zolik to‘g‘risida ariza berishdir. Nashrning yozishicha, ariza 29-30 iyun kunlari Madridda bo‘lib o‘tadigan NATO yig‘ilishida topshirilishi rejalashtirilgan. 

Qayd etilishicha, Sotsial-demokratik ishchilar partiyasi rahbariyati 24 may kuni navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazadi, unda 26 partiya okrugi vakillari partiyaning mamlakatning Shimoliy Atlantika alyansiga a’zoligi bo‘yicha pozitsiyasini muhokama qiladi. Bunga qadar joylarda partiya safidagi a’zolarning fikrini o‘rganish bo‘yicha ishlar olib boriladi. 

Eslatib o‘tamiz, Shvetsiya va Finlyandiya joriy yilning yozidan kechiktirmay NATOga a’zo bo‘lishi mumkin. AQSH rasmiylariga ko‘ra, ikki davlatning alyansga a’zoligi NATO Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasidagi muzokaralarda “suhbat va ko‘plab uchrashuvlarning mavzusiga” aylangan. 


Maqola muallifi

Teglar

NATO Shvetsiya

Baholaganlar

314

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing