Sho‘rchi tuman hokimiga hayfsan berildi
Jamiyat
−
02 noyabr 2022
7822Joriy yilning 1 noyabr kuni Prezident Administrasiyasi rahbari Sardor Umurzoqov raisligida xalq ta’limi tizimidagi mavjud muammolarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Ushbu yig‘ilishda esa Umurzoqov tomonidan Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanining hokimi Baxtiyor Xudoyberganovga hayfsan berildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Shuningdek, Sho‘rchi tumanidagi oddiy maktabni ixtisoslashtirilgan maktabga aylantirish chog‘ida mas’ullar tomonidan yo‘l qo‘yilgan o‘zboshimchalik va o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qarash jiddiy tanqid qilingan.
Ishlar to‘g‘ri tashkil qilinmaganligi sababli o‘quvchilar 5-6 kilometr naridagi maktabga qatnashga majbur bo‘lishgan. Bu esa ota-onalarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lgan. Natijada, o‘rtada maktabning sobiq direktori tashabbusi bilan aholining uyida bolalarga dars o‘tish boshlangan.
“Bu nima degan gap? Inson qadri shumi? Toshkentda, yozda salqin, qishda issiq kabinetlarda o‘tirgan amaldorlar bolalari qishloqning loy yo‘llarida har kuni 10 kilometrlab yurishiga, aholi uylarida o‘qishiga rozi bo‘lisharmidi? Yana uylarda ta’lim berayotgan o‘qituvchilarga maosh ham berilmayapti ekan. O‘qituvchining nima aybi bor bu yerda?”, degan Sardor Umurzoqov.
Mazkur voqea ortidan Sho‘rchi tumani hokimi Baxtiyor Xudoyberganovga esa hayfsan berilgan. O‘quvchilarni aholi uylarida o‘qitishga bosh qo‘shgan tuman hokimi o‘rinbosari va xalq ta’limi bo‘limi mudiri esa lavozimidan ozod etilgan.
LiveBarchasi