Shuncha bo‘lurmi hay-hay: Tokayev Ostonani Nursulton deb atashni taklif qildi

Olam

image

Biroz avval, Qozog‘istonning yangi Prezidenti Kasim-Jomart Tokayev bugun lavozimga kirishgani, qasamyod qabul qilgani haqida xabar bergan edik. Ayni vaqtda Qozog‘iston Parlamenti palatalarining qo‘shma yig‘ilishi o‘tkazilmoqda. Unda so‘zga chiqqan yangi Prezident mamlakat poytaxti Ostona shahri nomini o‘zgartirishni taklif qildi. 

Tokayev mamlakatni 30 yil boshqargan Nazarboyev sharafiga Ostona shahri nomini Nursulton nomiga o‘zgartirishni taklif etdi. U shu yo‘l bilan Nazarboyevning nomini mamlakatda va butun dunyoda abadiylashtirish mumkinligini qayd etdi. 

“Poytaxtimiz Prezidentimiz nomini olishi va Nursulton deb atalishi lozim”, deydi Tokayev.

Aslida yangi Prezident tomonidan bildirilayotgan taklif Qozog‘istonda yangilik emas. Bundan bir necha yil avval, ya’ni 2016 yilda mamlakat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan qabul qilingan deklaratsiyada ushbu taklif kiritilgan edi. 2018 yilga kelib mazkur masala Qozog‘istonda yana trendga chiqqandi. 

Yangi Prezident Tokayev Nursulton Nazarboyevni Qozog‘istonning barcha yuksak mukofotlari bilan taqdirlash kerakligini ham ma’lum qildi. 

Shuni alohida qayd etish o‘rinliki, Tokayev Nazarboyevning suratlarini davlat idoralarida osib qo‘yilishini majburiylashtishni rejalashtirmoqda. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Kasim-Jomart Tokaev

Baholaganlar

150

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing