Shukurjon Zuhurov Mirziyoyevga Rahmonning salomini yetkazdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 7 oktyabr kuni Tojikiston Respublikasi Oliy Majlisi Vakillar palatasi raisi Shukurjon Zuhurov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Davlat rahbari mehmonlarni qutlar ekan, oliy darajadagi o‘zaro ishonchga asoslangan muntazam muloqot ikki tomonlama hamkorlikni misli ko‘rilmagan yuksak darajaga ko‘tarishga xizmat qilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Shu munosabat bilan Tojikiston parlamenti delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganining yorqin dalilidir.

Oliy martabali mehmon, o‘z navbatida, Prezident Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi hamda Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda o‘zaro aloqalar barcha darajalarda faollashgani qayd etildi.

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, sanoat, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Chegaradosh hududlar o‘rtasida, madaniy-gumanitar sohada almashinuvlar kengaymoqda.

Parlamentlararo aloqalarni mustahkamlashga muhim ahamiyat qaratilmoqda. 

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida qo‘mitalar va parlamentlararo guruhlar darajasida yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv so‘ngida Shukurjon Zuhurov Tojikiston parlamenti qardosh mamlakatlar va xalqlar manfaatlari yo‘lida do‘stlik va strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga har tomonlama ko‘maklashishga tayyor ekanini bildirdi.

Tojikiston Oliy Majlisi Vakillar palatasi raisi joriy yil dekabr oyida mamlakatimiz parlamentiga saylovlar muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston-Tojikiston Shukurjon Zuhurov

Baholaganlar

13

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing