Shubhali kambeklar, yoxud YeCHL aqldan ozmoqda
Sport
−
07 mart 2019
8969Ushbu haftaga mo‘ljallangan YeCHLning nimchorak final javob bahslarida aqlni shoshiradigan hisoblar qayd etilmoqda.
Avvaliga, safardan 2:1 hisobda g‘alaba bilan qaytgan “Real”ni hamma keyingi bosqichga “chiqarib qo‘yishgan” edi. Lekin kutilmaganda, Madriddagi bahsda “Ayaks” “qirollik klubi”ni shunchaki yanchib tashladi. Umumiy hisob 3:5 gollandiyaliklar foydasiga.
Ko‘pchilik buni dahshatli tush hisoblab, unutishga ham ulgurmasdan turib, 6 mart oqshomida “MYU” Parijda PSJni musobaqadan chiqarib yubordi. Manchesterda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan Sulsher shogirdlarini hech keyingi bosqichga chiqadi deb ayta olmayotgan edi. Sababi, hozirga kelib “MYU”ning asosiy tarkib o‘yinchilari hisoblanadigan 7 nafar futbolchi jarohat va diskvalifikatsiya sabab uchrashuvda qatnasha olmas edi.
Bir qarashda hammasi Parijliklar uchun omadli ko‘rinish hosil qilayotgan edi, ammo buning shunchaki sarob ekanligi kechagi bahsning 90+2 daqiqasida ma’lum bo‘lib qoldi. Safarda 1:3 hisobida g‘alaba qozongan “qizil iblislar” keyingi bosqichdagi raqibini kutishmoqda.
PSJ futbolchilari esa mag‘lubiyatdan keyin yangi murabbiyni kutishlariga to‘g‘ri kelishi mumkin. Sababi klub xo‘jayni hisoblangan Qatar shayxi mag‘lub murabbiyni unchalik yoqtirmaydi.