Shu yilning 5 oyida qancha o‘zbekistonlik xorijda dam oldi?
Jamiyat
−
21 Iyun 2023 6768 1 daqiqa
Joriy yilning dastlabki 5 oyida 195 ming o‘zbekistonlik dam olish uchun xorijga safar qilgan. Bu haqda Statistika agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-may oylarida 1,6 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga chiqqan. Shu jumladan, mazkur 5 oyda O‘zbekiston fuqarolarining xorijga safar maqsadlari quyidagicha bo‘lgan:
- qarindoshlarni yo‘qlash – 1,4 mln kishi;
- dam olish – 195 ming kishi;
- o‘qish maqsadida – 17,1 ming kishi;
- davolanish – 10,8 ming kishi;
- xizmat yuzasidan – 5,5 ming kishi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar-may oylarida 2,6 mln nafar chet el fuqarosi turistik maqsadda O‘zbekistonga tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr