Shu haftada Yer yaqinidan uchta asteroid uchib o‘tadi

Bu qiziq

image

Shu hafta oxiriga qadar Yer yaqinidan o‘lchami 100 metrgacha bo‘lgan uchta asteroid uchib o‘tadi. Bu haqda NASA'ning Yerga yaqin ob’ektlarni o‘rganish markaziga asoslanib xabar berilgan. 

Manbaga ko‘ra, ertaga, 28 yanvar kuni 2021 BZ asteroidi Yerdan taxminan 2,2 million kilometr masofadan uchib o‘tadi. Ob’ektning o‘lchami 29 dan 65 metrgacha bo‘lishi aniqlangan. 

Taxminlarga ko‘ra, u Toshkent vaqti bilan soat 09:12 da Yerga eng yaqin masofada bo‘ladi.

29 yanvar kuni undan kattaroq 2021 AG7 asteroidi Yer yuzidan uchib o‘tadi. Ob’ektning kattaligi 47 metrdan 110 metrgacha bo‘ladi. 

Asteroid Toshkent vaqti bilan 13:50 da Yerga eng yaqin masofada bo‘ladi, deb taxmin qilinyapti.

Xuddi shu kuni, Toshkent vaqti bilan 00:37 da kichikroq 2021 AF7 asteroidi Yerdan uzoqroq masofada uchadi. Uning o‘lchami 24 metrdan 53 metrgacha bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

asteroid

Baholaganlar

205

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing