Shuhrat Abdurahmonovning sobiq birinchi o‘rinbosari tuman hokimi bo‘ldi
Jamiyat
−
11 fevral 2021
10010Xalq deputatlari Andijon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Unda Andijon viloyati Andijon tumani hokimi lavozimiga Abdujabbor Husanovich Egamberdiyev tayinlandi.
Abdujabbor Husanovich Egamberdiyev 1974 yilda Baliqchi tumanida tug‘ilgan. 1998 yilda Andijon qishloq xo‘jaligi institutini kunduzgi bo‘limini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1998 yili Andijon viloyati Ulug‘nor tumani Davlat soliq inspeksiyasi inspektori vazifasidan boshlagan.
2007-2016 yillarda Bo‘z, Ulug‘nor, Qo‘rg‘ontepa tumanlari va Andijon shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Tayinlovga qadar Abdujabbor Egamberdiyev, Andijon viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
Avvalroq, Andijon Otabek Tursunov Andijon viloyati hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi