Andijon viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Shuhrat Abdurahmonovga o‘rinbosar bo‘ldi
Jamiyat
−
11 fevral 2021
12953Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Mahamadjon Sodiqjonovich Nishonov tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mahamadjon Sodiqjonovich Nishonov 1969 yilda Andijon shahrida tug‘ilgan. 1992 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti, 2004 yilda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1992 yilda Andijon viloyati suv xo‘jaligi boshqarmasi mutaxassisi vazifasidan boshlagan.
2001-2003 yillarda Andijon shahar IIB jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
2011-2014 yillarda Andijon viloyati Paxtaobod Shahrixon tumanlari ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Tayinlovga qadar Mahamadjon Sodiqjonovich Nishonov Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
Xabarga ko‘ra, shu kunga qadar Andijon viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Shokirjon Mamajonovich Boltaboyev sog‘ligi yomonlashgani sabab o‘z arizasiga muvofiq lavozimidan ozod etilgan.
LiveBarchasi