Shtorm signali! O‘zgidromet ob-havo bo‘yicha ogohlantirdi
Bu qiziq
−
20 noyabr 2019 12298 1 daqiqa
Joriy yilning 21-25 noyabr kunlari “Qamchiq” dovonida ob-havo harorati keskin tushib ketadi va yo‘lda qator noqulayliklar yuzaga keladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 21-25 noyabr kunlari A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni hududida qor, vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda.
Tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 m.gacha pasayadi, shamol sekundiga 17-22 m tezlikda esadi. 21-23 noyabrda harorat -3...-5 darajadan 24-25 noyabrda -8...-13 darajagacha pasayadi. Yo‘lda qor uyumlari, yaxvonlik hosil bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, shu haftaning ikkinchi yarmida Rossiyaning Yevropa qismida shakllangan sovuq va nam havo massasi O‘zbekistonga kirib kelishi aytilgandi.
Live
Barchasi