Shtorm signali! O‘zgidromet qor ko‘chkisidan ogohlantirdi

Jamiyat

image

Gidrometeorologiya xizmati markazi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chkisi xavfi borligidan ogohlantirdi.

Markaz ma’lumotiga ko‘ra, 28 noyabr mahalliy vaqt bilan soat 11:00 dan 29 noyabr soat 08:00 gacha Chimyon tog‘ zonasida qor ko‘chkisi xavfi saqlanib turadi.

Shuningdek, 28 noyabr mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonida ham ko‘chki xavfi ortadi.

Avvalroq, Qamchiq dovoni kuchli shamol va qor ko‘chkisi xavfi tufayli avtotransport vositalari harakati uchun yopilgani haqida xabar bergan edik. Keyinroq yo‘llarda tozalash ishlari olib borilganidan keyin dovonda transport vositalari harakati qayta tiklandi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo qor ko'chkisi

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing