Shtegen uchun 2023 yil erta yakunlandi

Sport

image

“Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen belida qattiq og‘riqni sezmoqda, shu sababli futbolchi “Barselona”ning so‘nggi uchta o‘yinini o‘tkazib yubordi. Bu haqda AS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Shtegenning jarohati yanada og‘irlashgan, shu bois klub tibbiy xizmati vakillari zudlik bilan yechim izlay boshladi.

Tibbiy mutaxassislar kelishib olishi mumkin bo‘lgan bir nechta variant mavjud. Ulardan biri, og‘riqni tabiiy ravishda kamaytirishga harakat qilish uchun bir necha hafta tanaffus qilish, ammo bu holatda keyinchalik Shtegen o‘zida yana noqulaylik his qilishi mumkin. Shifokorlar afzal ko‘rgan yana bir variant – vertebra orasidagi bosimni bartaraf etish uchun posbonni jarrohlik stoliga yotqizishdir. Bu holatda darvozabonning qayta tiklanish muddati 6 haftagacha cho‘zilishi mumkin.

Ta’kidlash joiz, Ter Shtegen Germaniya terma jamoasida noyabr oyidagi yig‘inda belida jiddiy og‘riq his qilgandi.

Joriy mavsum golkiper La Ligada 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol o‘tkazib yubordi va 6 ta bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uning Barselona bilan shartnomasi 2028-yilga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt”ga ko‘ra, posbon qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Mark-Andre ter Shtegen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing