Ter Shtegen “El klasiko”da maydonga tushishi mumkin

Sport

image

“Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen jarohatidan forig‘ bo‘ldi va “Real Madrid”ga qarshi Ispaniya kubogi finali uchun jamoa qaydnomasiga kiritildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

32 yoshli Mark-Andre ter Shtegen 2024 yil sentyabridan beri maydonga tushmayapti, chunki Ispaniya chempionatining 6-turidan o‘rin olgan “Vilyarreal”ga (5:1) qarshi o‘yindan so‘ng tizzasidagi jarohat oqibatida safdan chiqqandi.

Ter Shtegenning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.“Transfermarkt” portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 15 million yevroni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, Ispaniya kubogining final o‘yini 27 aprelga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi. Bahsga Sevilya shahridagi Olimpiya stadioni mezbonlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real Madrid Mark-Andre ter Shtegen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing