Shtaynmayer Rossiyaga qarshi sanksiyalar Germaniya uchun qimmatga tushishini tan oldi

Olam

image

Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Ukrainadagi vaziyat tufayli G‘arbning Rossiyaga qo‘ygan sanksiyalari Germaniya uchun ma’lum xarajatlarga ega ekanligini tan oldi va ayni paytda Rossiya Federatsiyasiga iqtisodiy bosimni chetlab o‘tib bo‘lmasligini ta’kidladi. Bu haqda u bugun, 28 oktyabr kuni Berlinda mamlakat fuqarolariga murojaatida so‘z ochdi.  

Uning fikricha, Ukrainadagi mojaro Germaniyaga ham ta’sir qilgani uchun Rossiyaga iqtisodiy bosimni chetlab o‘tib bo‘lmaydi.  

“Sanksiyalar haqiqatan ham bizga zarar bermayaptimi? Biz ularni tinch qo‘ysak bo‘ladimi? Biz bu savollarga javob berishimiz kerak”, deydi Prezident.

Shu bilan birga, Germaniya davlati rahbari sanksiyalar, aloqalarni uzish, Ukrainaga qurol yetkazib berish – bularning barchasi kundalik hayotning bir qismi emasligini va tinch-totuv yashash g‘oyalariga mos kelmasligini ta’kidladi.  

“Ammo biz ideal dunyoda yashamayapmiz, ziddiyatda yashayapmiz. Buning uchun esa bizga ziddiyat vositalari kerak. Ha, sanksiyalar, shu jumladan, biz uchun ham qimmatga tushadi. Lekin muqobil boshqa variant bormi?”, deydi Shtaynmayer.

Shu nuqtai nazardan, u Germaniyaning manfaati o‘zini himoya qilish va zaiflikni kamaytirish ekanini ochiqladi. 

“Biz mojaroda yashayapmiz va [bu] bizni tashvishga soladi”, deya xulosa qildi Shtaynmayer yadroviy kuchayish u yoqda tursin, mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini urg‘ulab. 


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Frank-Val'ter Shtaynmayer

Baholaganlar

386

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing