Shtaynmayer ikki o‘zbekistonlikni orden bilan mukofotladi
Jamiyat
−
28 may 2019
3062Biroz avval, Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Toshkentdagi Gyote institutida bo‘lib, muassasa oldidagi maydonda bunyod etilgan Yohann Volfgang Gyote haykali va bog‘i ochilish marosimida ishtirok etgani, institut faoliyati bilan tanishgani haqida xabar bergan edik.
Frank-Valter Shtaynmayer ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini Germaniya Federativ Respublikasining yuksak mukofotlari bilan taqdirladi.
Federal Prezident Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tarjimoni Mukarram Karimova va Marg‘ilon shahridan nemis tili o‘qituvchisi Lidiya Osinani “Bundesverdienstkreuz” (“Germaniya Federativ Respublikasiga xizmat ko‘rsatgani uchun”) ordeni bilan mukofotladi.
Ma’lumot o‘rnida, Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi ertaga, 29 may kuni yakuniga yetadi. Prezidentlar ertaga Xorazm viloyatiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
LiveBarchasi