Shoygu Xersondan chekinishga ruxsat berdi
Olam
−
09 noyabr 2022
14856Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukrainadagi rus qo‘shinlari qo‘shma guruhi qo‘mondoni Sergey Surovikinning Xerson viloyati mudofaasini Dneprning chap qirg‘og‘ida tashkil etish taklifiga rozi bo‘ldi. Endilikda rus qo‘shinlari viloyatining o‘ng sohilini (Xerson shahri ham shu qismda) tark etadi.
“Mavjud vaziyatni har tomonlama baholagan holda, Dnepr daryosining chap qirg‘og‘i bo‘ylab mudofaa pozitsiyasini egallash taklif etiladi. Bu juda qiyin qaror ekanini tushunaman. Shu bilan birga, biz, eng muhimi, harbiy xizmatchilarimizning hayotini va umuman olganda, o‘ng qirg‘oqdagi cheklangan hududda ushlab turish befoyda bo‘lgan qo‘shinlarni guruhlashning jangovar samaradorligini saqlab qolamiz. Bundan tashqari, kuch va vositalarning bir qismi operatsiya zonasining boshqa yo‘nalishlarida faol operatsiyalar, jumladan, hujumkor harakatlar uchun qo‘llaniladi”, deydi Surovikin.
Uning ta’kidlashicha, “qo‘shinlarning manevri yaqin kelajakda amalga oshiriladi, qo‘shinlar va bo‘linmalar Dnepr daryosining chap qirg‘og‘ida muhandislik nuqtai nazaridan tayyorlangan mudofaa chiziqlari va pozitsiyalarini egallaydi”.
“Xerson va unga tutash aholi punktlarini to‘liq ta’minlanmaydi, odamlar hayoti doimo xavf ostida”, deydi Surovikin.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina Qurolli Kuchlari Kaxovka to‘g‘onini o‘qqa tutishda davom etmoqda – bu katta yo‘qotishlarga sabab bo‘ladigan suv toshqinini keltirib chiqarishi mumkin.
Qo‘mondon, shuningdek, dushman mahalliy hokimiyat muassasalari, maktablar, shifoxonalar va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektlarga zarba berayotganini ta’kidladi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mintaqadan 115 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan.
LiveBarchasi