Shoygu xalqaro xavfsizlikning asosiy tahdidlarini sanadi
Olam
−
21 Oktabr 2019
3828Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Xitoydagi Syanshan forumining yalpi majlisida nutq so‘zladi va global xavfsizlikka tahdid soluvchi asosiy omillarni sanab ztdi. Bu haqda MK xabar bermoqda.
Mudofaa vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, tahdidlarga kosmik va kiberfazoni harbiylashtirish hamda davlatlarning qurol-yarog‘ musobaqasida ishtirok etishini misol qildi.
Shu bilan birga, Shoygu o‘zi rahbarlik qilayotgan vazirlikning bundan buyon ham harbiy sohada o‘zaro ishonch choralarini ishlab chiqish va o‘zaro hamkorlik qilishdan manfaatdor bo‘lganlar bilan ish olib borishni davom ettirishini ta’kidladi.
Shuningdek, Sergey Shoygu o‘z nutqida Qo‘shma Shtatlarning O‘rta masofali raketalar to‘g‘risidagi shartnomasidan chiqish sabablari haqida gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning mudofaa qudratining tiklanishi, Xitoyning o‘sib borayotgan harbiy salohiyati va Moskva hamda Pekin o‘rtasidagi harbiy-texnik hamkorlikning kengayishi Vashingtonning O‘rta va Qisqa masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadan bir tomonlama chiqishiga sabab bo‘ldi.
LiveBarchasi