Shoygu besh oy deganda Pentagon rahbari bilan gaplashdi. Mavzu Ukraina
Olam
−
21 Oktabr 2022
12360Bugun, 21 oktyabr kuni Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan xalqaro xavfsizlikning dolzarb masalalarini, jumladan, Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Rossiya tomoni xabar berdi.
“2022 yil 21 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu va Amerika Qo‘shma Shtatlari Mudofaa vaziri Lloyd Ostin o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Xalqaro xavfsizlikning dolzarb masalalari, jumladan, Ukrainadagi vaziyat muhokama qilindi”, deyiladi vazirlik axborotida.
Lloyd Ostin va Sergey Shoygu o‘rtasidagi muzokaralar haqida Pentagon saytida chop etilgan ma’lumotda aytilishicha, AQSH Mudofaa vaziri davom etayotgan urush sharoitida aloqani saqlab qolish muhimligini ta’kidlagan.
Shundan so‘ng, Ostin Ukraina Mudofaa vaziri Aleksey Reznikov bilan ham telefon orqali muloqot qilgan.
Ma’lumot uchun, Ukrainada urush boshlanganidan beri Ostin va Shoygu ikkinchi marta muloqot qildi. Bundan oldin joriy yilning 13 may kuni ikki vazir o‘zaro gaplashib olgandi.
LiveBarchasi